» » Valensiyadagi kimyo zavodida portlash yuz berdi

Valensiyadagi kimyo zavodida portlash yuz berdi


Ispaniyaning Valensiya shahridan 5 kilometr masofada joylashgan Paterna shaharchasidagi kimyo zavodida portlash yuz berdi. “RBK” xabariga ko‘ra, portlash oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqqan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida faqat bir ishchi jiddiy kuyish jarohatlarini olgan.

ABC’ning hodisa guvohlariga tayanib yozishicha, dastlab kuchli portlash yuz bergan, shundan so‘ng balandligi 15 metrga yetadigan tutun ustuni paydo bo‘lgan.

Ayni vaqtda, mahalliy o‘t o‘chirish xizmatidan ma’lum qilishlaricha, portlashdan avval zavodning ichki qismida yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda hodisa yuz bergan zavod Indukern kompaniyasiga tegishli bo‘lib, unda tetraxloretilendan foydalangan holda turli eritmalar ishlab chiqarilgan.

Havoga turli zaharli moddalar chiqishi ehtimoli mavjudligi sabab, korxonaga olib boruvchi yo‘llar yopilgan, zavod yaqinidagi uy egalariga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют