» » Rossiya Mudofaa vazirligi: Donbassda “Boing”ni urib tushirgan raketa Rossiya armiyasi qurollari orasida bo‘lmagan

Rossiya Mudofaa vazirligi: Donbassda “Boing”ni urib tushirgan raketa Rossiya armiyasi qurollari orasida bo‘lmagan


Xalqaro tergov guruhining da’vosi bo‘yicha Donbassda MH17 reysini urib tushirgan deb ta’kidlanayotgan raketa Rossiya armiyasi qurollari orasida bo‘lishi mumkin emas edi. Bu haqda, Meduza’ning yozishicha, Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy bayonotida so‘z boradi.

“Raketa dvigateliga bo‘yab tushirilgan seriya raqami ushbu agregat 1986-yili Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilganini ochiq bildirib turibdi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi axborotida.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyoridagi 1986-yilgi bu turdagi raketalarning bari 2011-yili xizmatdan olingan, ro‘yxatdan chiqarilgan va utilizatsiyaga yuborilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Ukraina armiyasi SSSRning harbiy mulkini bo‘lib olish doirasida Kiyev ixtiyorida qolgan “Buk” komplekslari uchun 1991-yildan so‘ng birorta yangi raketa olmagan. Shunday qilib, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida, ushbu raketaning Ukraina qurolli kuchlariga tegishli ekani “ehtimoli juda katta”.

24-may kuni Xalqaro tergov guruhi 2014-yil iyulida Donbassda urib tushirilgan MH17 halokati bilan bog‘liq yangi hisobotni e’lon qildi. Unda, jumladan, layner Rossiyaning Kursk viloyatidagi havo hujumidan mudofaa kuchlari 53-son zenit-raketa brigadasiga tegishli “Buk” majmuasi tomonidan urib tushirilgani ta’kidlanadi.

Mavzuga doir: Bellingcat: Donbassda Malayziya samolyotini urib tushirgan “Buk”ni Ukrainaga olib o‘tishda Rossiya razvedkasi ofitseri Oleg Ivannikov qatnashgan

Tergov qatnashchilari samolyotni urib tushirgan raketa bo‘laklarini ham namoyish etdi — unda “9д1318869032” raqami saqlanib qolgan. Tergovchilar ushbu raqam orqali rakta 1986-yili Moskva viloyatida ishlab chiqarilganini aniqlagan.

Rossiya Malayziya “Boing”ining urib tushirilishiga o‘zining aloqadorligini to‘liq rad etmoqda. Xalqaro tergov guruhi o‘zining yangi hisobotini e’lon qilganidan so‘ng, Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakatning “Buk” raketa majmualari hech qachon Ukraina bilan chegarani kesib o‘tmagani haqida bayonot bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют