» » Sadio Mane YChL finalidan oldin o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga “Liverpul”ning 300 ta futbolkasini yubordi

Sadio Mane YChL finalidan oldin o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga “Liverpul”ning 300 ta futbolkasini yubordi


“Liverpul”ning afrikalik hujumchisi Sadio Mane Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Real”ga qarshi o‘yindan oldin Senegaldagi ona qishlog‘i Bambaliga futbolkalar jo‘natdi, deb yozadi “Sports.ru”.

Mane Bambali qishlog‘iga “Liverpul”ning 300 dona futbolkasini yuborgan, u o‘z yaqinlarining shanba oqshomida kechadigan finalda o‘zini va jamoasini shu formalarni kiygan holda qo‘llab-quvvatlab turishini xohlagan.

“Endi mahalliy muxlislar (qishloqdoshlari) Yevropa Chempionlar Ligasi finalini “Liverpul” libosida tomosha qilishi mumkin. Mening oilam hamon o‘sha yerda yashaydi va ularni o‘yinni tomosha qiladi. Shanba kuni hech kim ishlamaydi”, — deydi Sadio Mane.

“Real” va “Liverpul” o‘rtasidagi final uchrashuvi ertaga, 26-may kuni Kiyevda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют