» » O‘zbekistonda zaxiradagi 300 nafardan ziyod ofitser haqiqiy harbiy xizmatga chaqirildi

O‘zbekistonda zaxiradagi 300 nafardan ziyod ofitser haqiqiy harbiy xizmatga chaqirildi


Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirtirilgan 300 nafardan ziyod ofitserlar tarkibi bilan o‘quv yig‘inlar tashkil etilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining harbiy kafedralarida tahsil olgan va ofitserlik lavozimlariga zaxiradan tayinlangan ofitserlar hozirgi vaqtda Sharqiy, Toshkent, Markaziy, Janubi-G‘arbiy maxsus hamda Shimoli-G‘arbiy harbiy okruglarning dala o‘quv maydonlarida harbiy tayyorgarlikka oid nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash qatorida bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan mashg‘ulotlar tashkil etish va o‘tkazish uslublari haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Yosh leytenantlar motoo‘qchi, ta’minot va texnik bo‘linmalari komandiri, komandirning harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, tank va artilleriya bo‘linmalari komandiri va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha amaliy tayyorgarlikdan o‘tmoqda.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari harbiy kafedralarida tayyorgarlikdan o‘tgan va zaxiradagi (rezervdagi) leytenant harbiy unvoniga ega bo‘lgan fuqarolar shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga, ofitserlik lavozimlariga tayinlanishlari uchun belgilangan tartibda doimiy harbiy hisobda turgan Mudofaa ishlari boshqarmasi yoki bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют