» » Toshkentda 8500 dollarni 69 mln so‘mga o‘tkazayotgan valyutafurushlar qo‘lga olindi

Toshkentda 8500 dollarni 69 mln so‘mga o‘tkazayotgan valyutafurushlar qo‘lga olindi


Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida xorijiy valyutaning qonunga xilof tarzda ayirboshlanishi oldi olindi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Tunggi vaqtda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar Sh.B hamda P.X. xaridorga 8500 AQSh dollarini “qora bozor” kursida 8100 so‘mdan hisoblab, jami 68 million 850 ming so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan 8500 dollar ushbu holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tekshiruv jarayonlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют