» » O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda “Istanbullik milliarder” filmini suratga olmoqda (foto)

O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda “Istanbullik milliarder” filmini suratga olmoqda (foto)


“Proart.uz” kompaniyasi hamda prodyuser Ruslan Mirzayev ijodiy jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida “Istanbullik milliarder” nomli filmni suratga olmoqda. Bu haqda prodyuser Ruslan Mirzayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“Istanbullik milliarder” komediyasi rejissor Ozod Shams, operator Anvar Odilov tomonidan suratga olinmoqda. Film ssenariysi Saida Vahobova hamda Feruza Fattohovalar tomonidan yozildi.

Filmda bosh rollarni Muhammad Iso Abdulxayirov, Asqar Hikmatov, Umid Ergashev, Xosiyat Husanova, Sitora Alimjonova, Zuhra Soliyevalar ijro etishmoqda. Bundan tashqari filmda turk aktyorlari ham rol ijro etadi.

Suratga olish ishlari 12-may kuni boshlangan edi. Film premyerasi kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ruslan Mirzayev, prodyuser



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют