» » Aktyor Morgan Frimen unga qo‘yilayotgan jinsiy tegajoqliklar haqidagi ayblovlarni yolg‘on deb atadi

Aktyor Morgan Frimen unga qo‘yilayotgan jinsiy tegajoqliklar haqidagi ayblovlarni yolg‘on deb atadi


Amerikalik aktyor Morgan Frimen uning tegajoqlik va shilqimlik qilgani haqidagi barcha gap-so‘zlarni yolg‘on va mantiqsiz deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“80 yillik hayotim ommaviy axborot vositalari tomonidan bir lahzada tag-tugi bilan yo‘qqa chiqarilishi mumkinligidan chuqur tushkunlikdaman”, — dedi aktyor.

“Ayni vaqtda, men ochiq aytishni istayman: men ayollar uchun xavfli ish muhitini yaratmaganman, men ularga tajovuz qilmaganman. Ularga men bilan jinsiy aloqa qilganliklari evaziga ish yoki kasb yo‘lida o‘sishni taklif qilmaganman. Bunday farazlarning barini men yolg‘on deb hisoblayman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Amerikaning CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz nafar ayol Morgan Frimenning jinsiy zo‘ravonligi yoki noma’qul xulqidan jabr chekkanini ma’lum qilgan. Yana sakkiz kishi aktyorning axloqsiz xatti-harakatlarini ko‘rganini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют