» » Navoiy viloyati hokimi Navoiy shahri hamda Karmana, Navbahor tumanlari aholisi bilan uchrashdi

Navoiy viloyati hokimi Navoiy shahri hamda Karmana, Navbahor tumanlari aholisi bilan uchrashdi


Navoiy viloyati hokimi, 1-sektor rahbari Qobuljon Tursunov Karmana tumanidagi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati sihatgohida Navoiy shahri hamda Karmana, Navbahor tumanlari aholisi va tadbirkorlari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda bandlik, sog‘liqni saqlash, ichimlik va sug‘orish suvi ta’minoti, ijtimoiy himoya masalalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aholi murojaatlari muhokama qilindi.

“94 yoshli qaynotam mustaqil yurishga qiynalgani uchun nogironlik aravasiga muhtoj, — deydi Navbahor tumani Keskanterak mahallasida yashovchi S. Farmonova. — Qo‘limiz biroz kaltalik qilgani bois viloyat hokimidan yordam so‘radik. Masala shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi. Albatta, qaynotam bu ezgu ishlar uchun minnatdorlik bildirib, yaxshi niyatlar bilan duoga qo‘l ochdi”.

Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismiga shu joyning o‘zida yechim topildi. Xususan, aholining ish so‘rab, sog‘lig‘ini tiklash, mehnat va ijtimoiy muhofaza borasidagi murojaatlari yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlar hamda sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Uchrashuv doirasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanma taqdim etildi. Tijorat banklari tomonidan kredit olish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют