» » Soliq nimaga to‘lanadi va nimalarga sarflanadi?

Soliq nimaga to‘lanadi va nimalarga sarflanadi?


Davlat soliq qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida Toshkent soliq kollejida “Soliq bilimlari — bolalarga!” deb nomlangan respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda respublikadagi barcha umumta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘zaro bellashib, soliq islohotlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Ishtirokchilar “Soliq mavzusining suratlardagi tasviri”, “Soliq mavzusining hikoyalarda aks ettirilishi”, “O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosati” mavzuida eng yaxshi insho hamda “Soliq nimaga to‘lanadi va nimalarga sarflanadi” mavzuida eng yaxshi kompyuter taqdimoti nominatsiyalari bo‘yicha kuch sinashdi.

Ishtirokchilar chiqishi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Davlat soliq qo‘mitasi xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют