» » “Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” Shoxpaxta konida gaz qazib olish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi

“Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” Shoxpaxta konida gaz qazib olish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi


“Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” Peterburg iqtisodiy forumi doirasida 2024-yilgacha Shoxpaxta konidan gaz qazishni davom ettirishga doir kelishuvni imzoladi. Bu haqda Rossiya gaz kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

“Bugun Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida ‘Gazprom’ boshqaruv raisi o‘rinbosari Vitaliy Markelov va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, ‘O‘zbekneftgaz’ AJ boshqaruv raisi Alisher Sultonov Shoxpaxta konini o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulotni taqsimlashga doir qo‘shimcha shartnomani imzoladi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kelishuv 2024-yilga qadar avvalgi tijoriy sharoitlarda gaz qazishni davom ettirishni ko‘zda tutadi.

Shoxpaxta – 1962-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hududidagi Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismida ochilgan gaz koni. Shoxpaxta koni rekonstruksiyasi va qazish ishlari 2004-yilda 15 yillik muddatga imzolangan mahsulot taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlariga ko‘ra amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют