» » Qozog‘istonda 13 nafar o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortildi

Qozog‘istonda 13 nafar o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortildi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Oldinroq sudlar tomonidan Qozog‘iston migratsiya qonunchiligini qo‘pol ravishda buzgan bu fuqarolarga nisbatan mamlakatni o‘z ixtiyorlari bilan tark etishlari haqida qaror chiqarilgandi. Biroq bu talab bajarilmagan. Bu ular ikkinchi bor ushlanganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Shaharda o‘tkazilgan ‘Nolegal’ tezkor-profilaktika tadbiri davomida xorijiy ishchi kuchi ko‘p ishlatiladigan xususiy qurilish obyektlari, tamaddixonalar, o‘quv yurtlari maksimal darajada tekshirildi”, — dedi shahar IID migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig‘i Oydin Belgiboyev.

Politsiya podpolkovnigiga ko‘ra, tadbirlar davomida 1186 nafar xorijlik fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Sud qaroriga asosan 229 chet ellik Qozog‘istondan chiqarib yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют