» » “Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

“Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini hal etishdagi xizmatlari, O‘zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlashda salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari hamda xorijiy davlat fuqarolari taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni O‘zbekiston Mudofaa vazirining o‘rinbosarlari va harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining taqdimnomasi bo‘yicha yoki vazir qarori asosida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Mukofotga sazovor bo‘lganlarga ko‘krak nishoni bilan birgalikda mudofaa vaziri nomidan faxriy yorliq topshiriladi. Shuningdek, taqdirlangan harbiy xizmatchilarga (xorijiy davlat fuqarolari bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

Ko‘krak nishoni haqida:

Ko‘kruk nishoni kumush va tilla rangdagi metall qorishmadan tayyorlangan bo‘lib, bir-birining ustiga tushirilgan, umumiy markazga, turli o‘lchamdagi uchta sakkiz qirrali yulduz shakliga ega. Nishonning old tomonida aylana markazidagi yashil fonda ramziy ma’nodagi qo‘l berib ko‘rishayotgan tilla suvi yurgizilgan qo‘l fragmentlari, moviy rangdagi globus, O‘zbekiston xaritasi va kabutarlar tasvirlangan; globus atrofida – tilla rangdagi lavr novdalarining relyefli tasviri aks etgan; lavr novdalari atrofida – moviy fondagi oq harflar bilan aylana bo‘ylab bir qator qilib yozilgan “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” yozuvini sakkiz qirrali yulduz ajratib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют