» » 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi “Gubernator kubogi” finaliga chiqdi. Finalda Shahobiddin Zoirovga termadagi sherigi raqiblik qiladi

7 nafar o‘zbekistonlik bokschi “Gubernator kubogi” finaliga chiqdi. Finalda Shahobiddin Zoirovga termadagi sherigi raqiblik qiladi


Joriy yilning 26—31-may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha “Gubernatori kubogi” janglari bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etmoqda.

Kecha, 29-may sanasida 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning yarim finalida ringga chiqdi va ulardan 7 nafari finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, -56kg vazn toifasida ikki o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun o‘zaro ringga chiqadigan bo‘ldi. Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirovga finalda Miraziz Mirzahalilov raqiblik qiladi.

Final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)

-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov

-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)

-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya)

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya)

+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)

Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar musobaqani yarim finalda to‘xtatib, bronza medallari bilan kifoyalandi. Final bellashuvlari ertaga, 31-may sanasida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют