» » AKFA jahon bozoriga qadam bosdi!

AKFA jahon bozoriga qadam bosdi!


AKFA kompaniyalar guruhi tarkibidagi BENKAM kompaniyasi AQSh, Kanada va boshqa mamlakatlarga alyumin profillarini eksport qilishni boshladi.

Alyumin va PVX profillar ishlab chiqarish bilan ommaga tanilgan AKFA kompaniyasi tarkibidagi BENKAM 2015-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Yangi kompaniya O‘zbekiston—Yevropa qo‘shma loyihasidir. Asosiy maqsad – sifatli alyumin profillarni ishlab chiqarib, Markaziy Osiyo, Yevropa va chet el mamalakatlariga eksport qilishdan iborat.

BENKAM – bu to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish bo‘lib, bu yerda alyumin profillarni har qanday murakkab chizmalari asosida ishlab chiqarish mumkin. Ishlab chiqarish o‘z ichiga ekstruziyadan tashqari, profilni qadoqlash va bo‘yashni o‘z ichiga oladi. Har bir mijoz quyidagi xizmatlar bilan kafolatlanadi:

2018-yilning yanvarida ishlab chiqarish jadallashdi – yiliga 36 ming tonna profil ishlab chiqarish kuchiga ega. Eksport mahsulotlari MDH, Germaniya, Polsha, Litva, AQSh, Kanada va boshqa mamlakatlarga jo‘natildi.

Jahon kompaniyalari O‘zbekistonning sifatli alyumin profillari bilan qiziqishni boshladi. Jumladan, 2016-yilda Dusseldorf Messe (Germaniya) ko‘rgazmasida BENKAM xodimlari 127 mijoz bazasini jamlashdi va Yevropa davlatlariga mahsulot yetkazib berish uchun yirik shartnomalar imzolashdi. 2018-yilda yanada kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari va yo‘lga qo‘yilgan logistika tizimi bilan kompaniya yana ko‘rgazmada qatnashdi.

“Bizning mahsulot butun dunyoga O‘zbekistonda qulay narxlarda jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqarish mavjudligini namoyon etmoqda. Bu bizning davlatimizga qiziqish uyg‘otishi bilan birga, bizning oldimizga yangi vazifalarni ham qo‘ymoqda”, — deb ta’kidladi ishlab chiqarish korxona rahbari.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют