» » ???Isroil fuqaroligini olgan Abramovichning Buyuk Britaniyaga borish tartibi aniqlashtirildi

???Isroil fuqaroligini olgan Abramovichning Buyuk Britaniyaga borish tartibi aniqlashtirildi


Isroil fuqaroligini olgan Abramovich Buyuk Britaniyaga vizasiz kirishi mumkin. Bu ma’lumotni mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning vakili tasdiqladi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Buyuk Britaniyaga vizasiz kiritiladigan Isroil fuqarolari mamlakatda 6 oydan ko‘p muddatga qolishi mumkin emas. Abramovich vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lsa-da, uning bu yerda ishlay olmasligi aytildi.

“Isroilliklar Qo‘shma Qirollikda yashash, ishlash yoki o‘qishni istasa, ular viza olishi kerak”, — dedi bosh vazir vakili.

Qonunchilikning buzilmasligi immigratsiya idoralari tomonidan nazorat qilinadi. Tereza Meyning vakili, vizasiz shaxslarga aynan qanday ish-faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanganini Ichki ishlar vazirligi orqali aniqlashtirishni tavsiya qilgan.

Isroil fuqarolari Buyuk Britaniyaga ish va xizmat safarlariga alohida holatlardagina kelishi mumkin. Xususan, oliy ta’lim muassasalariga leksiya o‘qish uchun taklif qilingan va gonorar to‘lanadigan shaxslar yoki sud jarayonlarida qatnashadigan advokatlarning viza olishi so‘ralmaydi, biroq ularning mamlakatda qolish muddati 1 oydan oshmasligi kerak. Buyuk Britaniyaga ijodiy safar bilan kelgan musiqachilar va artistlar, ayrim holatlarda sportchilarning mamlakatda 6 oygacha qolishi mumkin.

20-may kuni Abramovichning Buyuk Britaniya vizasini qo‘lga kiritishda qiyinchiliklarga duch kelgani xabar qilingan. Milliarder vizasi bo‘lmagani uchun unga tegishli “Chelsi” jamoasi o‘ynagan Angliya kubogining finalida ishtirok etmagan. Ma’lum bo‘lishicha, Abramovichga berilgan vizaning muddati u Buyuk Britaniyaga ketmoqchi bo‘lgan kundan uch hafta oldin tugagan.

Vizaning uzaytirilishi esa kechikkan.

28-may kuni Abramovich ko‘chish bilan bog‘liq barcha hujjatlarni rasmiylashtirib bo‘lganini ma’lum qilgan.

Isroilga xususiy samolyotida kelgan milliarderga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va repatriant (vatanga qaytgan shaxs) guvohnomasi berilgani xabar qilingan. Abramovichning xorijga chiqish pasportini olgani haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют