» » Toshkentdagi maktab-internat direktori sanitariya me’yorlariga rioya qilmagani uchun ishdan bo‘shatildi

Toshkentdagi maktab-internat direktori sanitariya me’yorlariga rioya qilmagani uchun ishdan bo‘shatildi


Toshkentning Yashnobod tumanidagi zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori M. Maqsudov sanitariya me’yorlariga rioya qilmagani sababli lavozimidan chetlatildi, deya xabar qildi “Gazeta.uz” poytaxt prokuraturasiga tayanib.

Toshkent prokurori Sherzod Obloqulov tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini qayta tiklash, bilim olish va yashash sharoitlarini o‘rganish uchun ta’lim muassasasiga shaxsan tashrif buyurdi.

O‘rganishlar jarayonida internat yotoqxonasi, oshxonasi va hojatxonalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmagani, muassasa rahbariyati esa o‘z majburiyatlariga e’tiborsiz munosabatda bo‘lgani aniqlandi.

Mazkur muammolar hamda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari arizalari hisobga olinib, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi M. Maqsudov bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют