» » YChLni ketma-ket 3-marta yutgan “Real Madrid”ning 3 murabbiyi Toshkentga yetib keldi (foto)

YChLni ketma-ket 3-marta yutgan “Real Madrid”ning 3 murabbiyi Toshkentga yetib keldi (foto)


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Real Madrid” klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan 22—23-may kunlari “Qirollik klubi” akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo Toshkentga kelib, O‘zbekistonda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlangandi.

Ana shu dasturga asosan, bugun, 31-may kuni “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Murabbiylar O‘FA vakillari, futbol ishqibozlari hamda OAV xodimlari tomonidan katta tantanalar bilan kutib olindi.

Ta’kidlash lozim, Karlos Albert 2008—2015-yillar davomida “Real Madrid” ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasga ustozlik qilgan. Hozirda u “Real Madrid” klubida metodist sifatida ish olib boradi.

Ispaniyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi bolalarga 16-iyunga qadar futbol bo‘yicha master-klasslar o‘tkazadi.

2004 va 2008-yillar oralig‘ida tavallud topgan 300 nafar tarbiyalanuvchi ishtirokida master klass tadbiri 2 qismdan iborat bo‘ladi. Dastavval 4—9-iyun kunlari 2006—2008-yillar oralig‘ida tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida, keyin esa 11—16-iyun kunlari 2004 hamda 2005-yilda tavallud topgan futbolchilar uchun o‘tkaziladi.

Har bir viloyatning aholisi sonidan kelib chiqib, O‘FA hududiy federatsiyalarga o‘z kvotalarini ajratgan. O‘FA bilan kelishgan holda, Toshkent shahar futbol federatsiyasi 2006—2007-yillarda tavallud topgan futbolchilar uchun ajratilgan kvotalarini jahon chempioni bo‘lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga beradigan bo‘ldi.

Shu bilan bir qatorda Azamat Abduraimov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham “Real Madrid” klubi akademiyasining tadbirida ishtirok etadi.

“Real Madrid” ishtirokidagi ikkinchi tadbir kuz faslida bo‘lib o‘tadi. O‘FA va “Qirollik klubi” o‘rtasidagi kelishuvga binoan keyingi master klass tadbirini viloyatlarda o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют