» » Gubernator kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar finalda 4 ta oltinni qo‘lga kiritdi

Gubernator kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar finalda 4 ta oltinni qo‘lga kiritdi


Kecha, 31-may sanasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha “Gubernator Kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

Musobaqa finalida o‘zbekistonlik yetti nafar bokschi ringga chiqishi haqida xabar berilgandi. O‘tkazilgan jang yakunlariga ko‘ra, to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.

-49 kg vaznda ringga chiqqan Hasanboy Do‘smatov rossiyalik Bator Sagaluyevga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

56 kg vaznda finalda o‘zaro duch kelgan ikki o‘zbekistonlik bokschi — Shahobiddin Zoirov va Miraziz Mirzaxalilov jangida 5:0 hisobida Miraziz g‘alaba qozondi.

60 kg vaznda final ringiga ko‘tarilgan Shunqor Abdurasulov esa Albert Batirgaziyevga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

75 kg vaznli bokschilar o‘rtasidagi final jangida Isroil Madrimov rossiyalik Gleb Baxshini 5:0 hisobida mahv etdi.

81 kg vaznda esa Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik Georgiy Kushitashvili ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa oltin medaliga ega chiqdi.

+91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov rossiyalik raqibi Vladislav Muravinni ikkinchi raundda nokautga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Final janglari:

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya) 2:3

-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov 0:5

-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya) 1:4

-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya) 5:0

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya) 3:2

+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya) (ikkinchi raundda nokaut)

Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar bronza medali bilan kifoyalandi.

O‘zbekiston termasi musobaqa yakunlariga ko‘ra 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют