» » Kim Chen In Putinga uchrashishni taklif etdi

Kim Chen In Putinga uchrashishni taklif etdi


KXDR rahbari Kim Chen In va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oliy darajadagi uchrashuvni amalga oshirish borasida o‘zaro kelishuvga erishdi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning STAK agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Shimoliy Koreya va Rossiya munosabatlarida strategik hamda an’anaviy aloqalarini rivojlantirish maqsadida har ikki tomonning manfaatlari va yangi davr talabidan kelib chiqqan holda, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 70 yilligi nishonlanishi munosabati bilan yuqori darajadagi bitimlarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi. Turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytiriladi, xususan, KXDR va Rossiya rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Sergey Lavrov Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni Kim Chen In Singapurda bo‘lib o‘tadigan sammitda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют