» » 8-iyun kuni Orol bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

8-iyun kuni Orol bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi


7?8-iyun kunlari Toshkentda “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston ekologik harakati matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi .

Ma’lum qilishicha, konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OKXJ) faoliyati doirasida mintaqa davlatlarining Orolbo‘yi muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy harakatlarini kelishish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish yo‘llarini muhokama qilish va belgilab olish, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.

Konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari deputatlari, vazirlik va idoralari rahbarlari, xorijiy mutaxassislar, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, BMT, OQXJ, MOMEM, Jahon banki ekspertlari, xorijiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, yetakchi moliya institutlari vakillari ishtirok etadi.

Konferensiya ishtirokchilari Orolbo‘yiga, jumladan, Nukus, Muynoqdagi “Kemalar qabristoni”ga va boshqa obyektlarga tashrif buyurib, hududdagi ekologik vaziyat bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mahalliy aholi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Anjuman O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют