» » Yevropaga yil boshidan buyon 30 mingdan ortiq qochoq kirib keldi

Yevropaga yil boshidan buyon 30 mingdan ortiq qochoq kirib keldi


Yevropaga 2018-yilning boshidan buyon kirib kelgan qochoqlar va muhojirlar soni 32 ming kishidan oshdi. Bu haqda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning rasmiy vakili Joel Millman brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Tashkilot 2018-yilning ilk 150 kuni davomida 32 080 muhojir va qochoq dengiz yo‘llari orqali Yevropaga kirib kelganini ma’lum qiladi. Ulardan 42 foizi Italiya, 34 foizi Gretsiya, qolgan 24 foizi Ispaniyaga kirib kelgan”, — deydi u.

Uning so‘zlariga qaraganda, 2017-yilning shu davrida Yevropaga 70 870 kishi, 2016-yilda esa 230 230 kishi kelgan.

O‘rtayer dengizida muhojirlar va qochoqlar o‘rtasidagi o‘lim holatlari yil boshidan buyon 660 tani tashkil etgan. Dunyo bo‘yicha halok bo‘lganlar soni 1 186 kishini tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют