» » 2017-yilda 600 ming suriyalik vataniga qaytdi

2017-yilda 600 ming suriyalik vataniga qaytdi


2017-yilning dastlabki yetti oyida 602,7 ming nafar suriyalik qochqin o‘z yurtiga qaytib keldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya agentligi vakili Oliviya Xidon brifing chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.

Uning so‘zlariga qaraganda, 2016-yil davomida qaytib kelgan suriyaliklar soni 685,6 ming kishini tashkil etgan edi.

Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yili qaytib kelgan suriyaliklarning 84 foizi Suriyaning boshqa mintaqalaridan o‘z viloyat va tumanlariga kelgan. Qolgan 16 foizi — Turkiyadan, Livandan, Iordaniyadan va Iroqdan qaytgan. Qaytganlarning 67 foizi Aleppo vakillaridir.

Shu bilan birga, 2017-yili yana 808,6 ming kishi uylarini tark etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют