» » Salohsiz Misr Kolumbiyani yuta olmadi, Fransiya Italiyani ishonchli tarzda mag‘lub etdi

Salohsiz Misr Kolumbiyani yuta olmadi, Fransiya Italiyani ishonchli tarzda mag‘lub etdi


Kecha, 1-iyun juma sanasida bir nechta terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.

Jumladan, Osiyo qit’asi nomidan Jahon chempionatidan ishtirok etadigan Avstraliya Chexiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yana bir Osiyo qit’asi vakili Janubiy Koreya esa Bosniya va Gersegovina termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Jahon chempionati ishtirokchisi Fransiya hamda Rossiyadagi mundialdan chetda qolgan Italiya termasi o‘rtasidagi bellashuvda fransuzlarning qo‘li baland keldi. Umtiti, Grizmann urgan gollarga Bonuchchi javob bergan bo‘lsa, o‘yinga yakuniy nuqtani Usmon Dembele 63-daqiqada qo‘ydi. Shu tariqa Fransiya Italiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Muhammad Salohsiz Misr termasi esa Kolumbiya bilan golsiz durang qayd etdi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

1-iyun, juma

Gollar: 1:0 – 32 Lekki, 2:0 – 54 Nebbaut, 3:0 – 72 Lekki, 4:0 – 80, avtogol Yugas.

Gollar: 0:1 – 28 Vishcha, 1:1 – 30 Li Chje Son, 1:2 – 45 Vishcha, 1:3 – 79 Vishcha.

Gollar: 0:1 – 54, penalti Tosun, 1:1 – 56 Badri, 2:1 – 79 Sassi, 2:2 – 90 Seyunjyu.

Gollar: 1:0 – 8 Umtiti, 2:0 – 29, penalti Grizmann, 2:1 – 36 Bonuchchi, 3:1 – 63 Dembele.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют