» » Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Rossiyadagi mundial sari yo‘l oldi

Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Rossiyadagi mundial sari yo‘l oldi


Jahon Chempionati uchrashuvlarini boshqarish bo‘yicha rekord sohibi (9 ta o‘yin) Ravshan Ermatov bugun, 2-iyun kuni yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov bilan birga Rossiyaga yo‘l oladi, deb yozadi O‘FA.

Mundial safari oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Milliiy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Ravshan Ermatov va uning guruhini qabul qilib, ularga oq yo‘l tiladi. O‘z o‘rnida Ravshan Ermatov va uning brigadasi ko‘rsatilgan e’tibor va ishonch uchun katta minnatdorchilik bildirib, o‘zbek hakamlarining saviyasini butun dunyoga yana bir bor ko‘rsatish uchun jahon chempionatida bor mahoratini ishga solishga va’da berdi.

Ta’kidlash joiz, Rossiyadagi Jahon Chempionatida Ravshan Ermatov brigadasidan tashqari, komissar sifatida Olim Arifov hamda hakamlar nazoratchisi sifatida esa Farhod Abdullayev ham ishtirok etadi. O‘zbek futboli tarixida birinchi marta Jahon Chempionatida bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissari to‘liq tarkibda ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют