» » Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati tarixida ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi

Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati tarixida ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi


Joriy yilning 14-iyun kuni Rossiyada futbol bo‘yicha Jahon chempionati bahslariga start beriladi. Avvalroq FIFA mundialda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Ro‘yxatda o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov borligi haqida avval xabar berib o‘tilgan edi.

Endi esa Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassis mundial o‘yinlarida komissar sifatida ishlashi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCh-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.

Shu vaqtga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.

“Albatta, FIFA tomonidan kelgan taklifdan juda xursandman. Bu juda katta ishonch va shu bilan birga katta mas’uliyat ham. O‘z o‘rnida yurtimizda futbolga hukumat darajasida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlagan holda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahabariyati tomonidan futbolni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida qayd etish kerak. Bu islohotlar natijasida biz kabi mutaxassislarga yangidan-yangi imkoniyatlar yaratilmoqla. Biz bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilishga va’da beramiz”, — deydi Olim Arifov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют