» » Rossiya kinematografiya instituti O‘zbekistonda filialini ochishi mumkin

Rossiya kinematografiya instituti O‘zbekistonda filialini ochishi mumkin


Rossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin. Bu O‘zbekiston prezidentining milliy kinoindustriyani takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasida belgilangan, deya xabar beradi Sputnik.

Hujjatda 2020/2021-o‘quv yilida kinematografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha VGIK filiali yoki O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi fakulteti ochilishi ko‘zda tutilgan.

Bu yerda VGIK oliy kurslari va assistentura-stajirovkasida tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar hamda muntazam ravishda master-klasslar o‘tuvchi rossiyalik mutaxassislar faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, joriy o‘quv yilidan boshlab Davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli bitiruvchilari VGIKning “Kino va televideniye” oliy kurslarida o‘qish uchun jo‘natiladi. Institutning “Ijrochi prodyuser” va “Kinorejissura va kinodramaturgiya” yo‘nalishlarida tahsil oluvchi saralash asosida tanlab olingan bakalavr darajasidagi mutaxassislari ham bunday imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.

Hamkorlikning yana bir yo‘nalishi — 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab San’at va madaniyat institutining bakalavriat yo‘nalishlaridagi iqtidorli bitiruvchilari “Dramaturgiya” va “Audiovizual san’at rejissurasi” ixtisosliklari bo‘yicha VGIK assistentura-stajirovkasiga jo‘natiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют