» » Andijonlik talonchilar Farg‘onada viloyatdoshiga tegishli Lacetti’ni olib qochdi

Andijonlik talonchilar Farg‘onada viloyatdoshiga tegishli Lacetti’ni olib qochdi


Andijon viloyatida yashovchi D.M. Lacetti mashinasini Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani hududidan o‘tuvchi “ToshkentAndijon” yo‘lida haydab ketayotganda 4 nafar noma’lum shaxs davlat raqam belgilari bo‘lmagan oq rangli Lacetti avtomobilida yo‘lini to‘sib, to‘xtatadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ular D.M. va uning yo‘lovchilarini mashinadan tushirib, avtomobilni noma’lum tomonga haydab qochdi.

Olib qochilgan mashina Oltiariq tumani, Qiziltepa qishlog‘i hududidan oynalari singan holda topildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan shaxslar — Andijon tumanida yashovchi R. X., B. X. hamda Andijon shahrida yashovchi F.B. va J.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют