» » Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi xodimi pora olayotganda ushlandi

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi xodimi pora olayotganda ushlandi


2018-yil 29-may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi V.Z. shaharda yashovchi fuqarodan uy-joyga egalik huquqi olish masalasini hal qilib berish uchun 600 AQSh dollari olayotganda ushlandi, deya xabar bermoqda O‘zA Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib.

Fuqaro o‘zi yashab turgan xonadoni hamda singlisi va qizining uyiga egalik huquqini olish uchun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligiga murojaat qilganida V.Z. o‘zining uy-joy masalasi bo‘yicha mas’ul ekanligini bildirib, sud orqali xonadonlarga egalik huquqini berish evaziga har bir xonadon uchun 200 AQSh dollari bersa, ishini hal qilib berishini aytadi.

Shundan so‘ng, fuqaro arizasi asosida Samarqand viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi lavozimida ishlovchi V.Z. xizmat xonasida 600 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan IJQK departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют