» » Tojikiston bosh muftiysi boks va qoidasiz jangni harom deb e’lon qildi

Tojikiston bosh muftiysi boks va qoidasiz jangni harom deb e’lon qildi


Tojikiston bosh muftiysi Saidmukarram Abdulqodirzoda Dushanbe shahrida o‘tkazilgan juma namozi vaqtida boks va qoidasiz jang harom hisoblanishi, ya’ni islom nuqtai nazaridan taqiqlanganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kabar”.

“Boks va qoidasiz jang diniy nuqtai nazardan harom hisoblanadi, nega deganda, salomatlikka ziyon yetkazadi, insonni nogiron qilib qo‘yishi mumkin”, — deydi Abdulqodirzoda.

Muftiy, shuningdek, pul tikiladigan o‘yinlar va janglarning barcha turlari harom hisoblanishini qo‘shimcha qilgan. “Vaqtni aql va jism uchun foydasiz, ya?ni behuda sarfalashadi. Bu harom”, — deb ta?kidlagan muftiy.

Abdulqodirzodaning fikricha, yoshlar sog‘liq uchun xavfsiz sport turlari bilan shug‘ullanishi lozim. “Masalan, kurash ham jisman, ham ma?nan insonni rivojlantiradi”, — deydi muftiy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют