» » O‘zbekiston hududiga 70 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlarining olib kirilishining oldi olindi

O‘zbekiston hududiga 70 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlarining olib kirilishining oldi olindi


Yil boshidan buyon zararli organizmlar aniqlanganligi sababli O‘zbekiston hududiga 70 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlarining olib kirilishining oldi olindi. 17 turdagi karantin obyektlari aniqlangan, buning oqibatida ba’zi bir meva va sabzavot navlarini mamlakatga olib kirilishiga cheklov qo‘yilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston hududida importchilar va eksportchilarning faoliyatini monitoring qilishda quyidagi holatlar aniqlandi va tegishli choralar qabul qilindi:

Xorijdan olib kelingan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mamlakatning chegaralariga kelganida karantin va laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Tekshiruv davomida xavfli va zararli organizmlar aniqlansa, mahsulot zararsizlantiriladi, import qilingan mamlakatga qaytarib yuboriladi yoki laboratoriya natijalari asosida yo‘q qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 1) ( 31) ( 0)
Юзеры:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...