» » Britaniyalik qiz kuryer uydan o‘rgimchakni haydashi uchun ovqat buyurtirdi

Britaniyalik qiz kuryer uydan o‘rgimchakni haydashi uchun ovqat buyurtirdi


Britaniyalik talaba Demi Suini kuryer uyga kirib olgan o‘rgimchakni haydab yuborishi uchun ovqat buyurtirdi. Bu haqda Buzzfeed’ga tayanib, Afisha Daily xabar berdi.

Qizning aytishicha, u ertalab uyg‘onganida xonasining oldida katta o‘rgimchakka ko‘zi tushgan. Suini xonasidan chiqishga qo‘rqqani, negaki o‘rgimchak uning ustiga sakrashi mumkin deb o‘ylaganini aytgan. Shunda qiz o‘rtoqlari va qarindoshlaridan yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan biri ovqat buyurtirishni va kelgan kuryerdan o‘rgimchakni haydab yuborishni iltimos qilishni maslahat bergan.

Suini buyurtma xizmatiga qo‘ng‘iroq qilganida kuryer unga o‘rgimchakni haydashga yordam bera olishi haqida ham so‘ragan. Unga kuryerning o‘zi o‘rgimchaklardan qo‘rqmasa, yordam berishi mumkinligini aytishgan. Qiz KFC’dan tushlik buyurtirgan hamda o‘zining muammosini qo‘shimcha iltimosi sifatida aytgan.

“Bugun kuryerning o‘rgimchakni haydab chiqishiga umid qilib ovqat buyurtirganimda hasharotlardan qo‘rqishim yangi darajaga chiqqanini tushunib yetdim. Jo, sen haqiqiy qutqaruvchisan”.

20 daqiqadan keyin Suinining uyiga kuryer kelgan. Uning o‘zi ham o‘rgimchaklardan qo‘rqishiga qaramasdan, qizga hasharotni haydab chiqarishda yordam bergan. Yigit o‘rgimchakni tutgan va unitazga oqizib yuborgan. “Men unga 50 martacha tashakkur aytdim, u esa bu juda qiziq bo‘lganini aytdi va kulishda davom etdi. U — haqiqiy qahramon”, — dedi Suini.

Talaba qizning Twitter’da qoldirgan xabarini o‘qigan buyurtma xizmati xodimlari kuryerni rag‘batlantirishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют