» » O‘zbekistonda 6-iyun kuni onlayn notarius aksiyasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda 6-iyun kuni onlayn notarius aksiyasi bo‘lib o‘tadi


6-iyun kuni Adliya vazirligi mutaxassislari kun davomida onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholining notariat sohasidagi savollariga javob beradi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Notariat sohasidagi savollarni 5-iyun kuni soat 18:00 dan @notariusgasavolbot orqali yo‘llash mumkin bo‘ladi.

6-iyun soat 15:00 da esa Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.

Savollar 80 ta so‘zdan oshmasligi, notariat sohasiga oid (bitimlarni rasmiylashtirish, davlat bojlari va x.k) bo‘lishi lozim.

Ushbu talablarga javob bermaydigan savollar ko‘rib chiqilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют