» » Toshkentdagi Inha universitetida Kolumbiya universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Inha universitetida Kolumbiya universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahridagi Inha universitetida (IUT) Kolumbiya universiteti talabalari va bitiruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Firdavs Qutliyev AQSh universitetining delegatsiyasini qutladi.

Uchrashuv davomida Firdavs Qutliyev AKT va logistika sohasida kadrlarni tayyorlaydigan o‘quv yurtining faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi. Shuningdek, mehmonlarga universitetning iqtisodiyotning turli tarmoqlari hamda o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSh ta’lim tizimlari hamda O‘zbekistonda yoshlarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni muhokama qilishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют