» » 26—30-iyun kunlari Toshkent va Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkaziladi

26—30-iyun kunlari Toshkent va Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkaziladi


5-iyun kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi binosida ittifoq raisi Qahramon Quronboyev OAV xodimlari bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda Yoshlar ittifoqining bir yillik faoliyati hisoboti taqdim etildi. Xususan, ittifoq tomonidan hududlarda qilingan ishlar, yoshlarga ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy ko‘mak hamda kelgusidagi rejalar haqida so‘z bordi.

Qayd etilishicha, Yoshlar ittifoqiga bir yil ichida 12 million yoshlar a’zo bo‘ldi.

“O‘zbekistonda 17 million yoshlar bor. Biz bir yil ichida ulardan 12 millionini safimizga qo‘shdik. Biroq yana 5 million nafar yoshlarni ham a’zo qilib olishimiz kerak. Ular kimlar? Ular xorijga muhojir sifatida chiqib ketgan yoshlar, o‘z yo‘lini topolmay yurgan ayrim yoshlar”, — deydi Qahramon Quronboyev.

Uchrashuvda 26—30-iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkazilishi ham ma’lum qilindi. Forumda Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlar tashkilotlarining yetakchilari ishtirok etadi. Hozirda ushbu forumni yuqori darajada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют