» » O‘zbekiston ShHT Ishbilarmonlar kengashi biznes-forumida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston ShHT Ishbilarmonlar kengashi biznes-forumida ishtirok etmoqda


Bugun, 6-iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Ishbilarmonlar kengashining biznes-forumi boshlandi. Forumda Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi sakkiz mamlakat — Xitoy, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.

Xalqaro anjuman Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir strategik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan ikkita plenar sessiya shaklida bo‘lib o‘tmoqda.

Forum 9—10-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammiti doirasida o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют