» » Butunjahon jarroh-onkologlar federatsiyasi xalqaro ilmiy-ta’lim maktabining 2018-yilgi mashg‘ulotlari Buxoroda bo‘lib o‘tadi

Butunjahon jarroh-onkologlar federatsiyasi xalqaro ilmiy-ta’lim maktabining 2018-yilgi mashg‘ulotlari Buxoroda bo‘lib o‘tadi


Butunjahon jarroh-onkologlar federatsiyasi xalqaro ilmiy-ta’lim maktabining 2018-yilgi mashg‘ulotlari joriy yil 7—10-iyun kunlari “Onkologiyada davolashning yagona ta’lim standarti: texnologiya va innovatsiya” mavzuida Buxoro shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan federatsiya a’zolari, dunyoning taniqli onkolog olim va mutaxassislari 6-iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar bu yerda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash, zamonaviy tibbiy uskunlardan foydalanish, xodimlar bilimi va malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, ularni davolash yuzasidan samarqandlik hamkasblari bilan fikr almashdi.

“Bugungi kunda dunyo miqyosida onokologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash borasida tadqiqotlar olib borilib, yangi usullar qo‘llanilmoqda. Samarqandlik mutaxassislarning sut bezi saratoni xastaligiga chalingan bemorlarni davolash jarayoni bilan tanishib, ularning bu borada boy tajriba to‘plagani hamda xalqaro talablar darajasida ish tutayotganiga guvoh bo‘ldik”, — deydi Butunjahon jarroh-onkologlar federatsiyasi (WFSOS) prezidenti, Serbiya onkologlar assotsiatsiyasi raisi Radon Jodich.

Mazkur tadbirni kelgusi yili Samarqandda o‘tkazish taklif etilmoqda. Ilmiy kengashda bu taklif tasdiqlansa, mashg‘ulotlar 2019-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

Federatsiya a’zolari filial xodimlari bilan sohadagi yangiliklar, galdagi vazifalarni muhokama etib, yosh mutaxassislar uchun mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют