» » Qahramon Quronboyev: Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yubordim

Qahramon Quronboyev: Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yubordim


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev 5-iyun kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ittifoq raisi bugungi kunda to‘ylarning dabdabali o‘tkazilayotgani eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidladi.

“To‘ylaning dabdabali o‘tlazilayotganiga biz aybdormiz, men aybdorman, ittifoq aybdor. Eng katta muammo yoshlarda! Agar biz yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berganimizda to‘ylar bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lar edi.

Qancha ota-onalar qizining, og‘lining gapiga kirib, to‘y o‘tkazgan va oxir-oqibatda qancha qarzga botgan. Shuning uchun biz aprel-may oylarida 288 ta namunaviy to‘y o‘tkazdik. Bu hali hech narsa emas.

Andijon, Farg‘ona va Namanganda yurganimda ko‘chada to‘y kortejini ko‘rib qoldim. Shunda mashinalarni hammasini to‘xtatdim-da, kelin bilan kuyovni tushirib, taksiga o‘tqazib, jo‘natib yubordim. Qolgan mashinalarni esa orqaga qaytardim. Shunaqangi dabdaba endi, ko‘chada hech kimga yo‘l bermaydi. Mayli, meni yomon ko‘rsin, Yoshlar ittifoqining viloyat bo‘limi rahbarini yomon ko‘rsin, lekin tartib kerak-ku! Agar yoshlarni biz tarbilay olmasak, Yoshlar ittifoqi tarbiyalay olmasa biz joyimizni bo‘shatib berishimizga to‘g‘ri keladi”, — deydi Qahramon Quronboyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют