» » Qirg‘izistonlik Missis World unvoni sohibasi halokatga uchragan mashina haydovchisi mast bo‘lgan

Qirg‘izistonlik Missis World unvoni sohibasi halokatga uchragan mashina haydovchisi mast bo‘lgan


Miss Universe Beauty xalqaro tanlovida Missis World nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan qirg‘izistonlik Saniya Shokirova halokatga uchragan avtomobil haydovchisi mast bo‘lgan, deb yozadi KNews Issiqko‘l viloyati ichki ishlar boshqarmasiga tayanib.

1987-yilda tug‘ilgan erkak alkogol mastlik holatida bo‘lgani ekspertizadan so‘ng ma’lum bo‘lgan.

U ayni paytda kasalxonada davolanmoqda, sud esa unga nisbatan oldini olish jazosini tanlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avtohalokat 2-iyun kuni kechqurun yuz bergan. Taksomotor kompaniyasiga tegishli Ravon Nexia Chok-Tal qishlog‘i yaqinida YTHga uchragan, mashinada uch kishi bo‘lgan. Taksi haydovchisi boshqaruvni eplay olmay qolgan, natijada mashina qabriston devoriga borib urilgan. Shokirova voqea joyida vafot etgan. Qolgan yo‘lovchi va haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют