» » Buxoroda bir guruh “eshak o‘g‘rilari” qo‘lga olindi

Buxoroda bir guruh “eshak o‘g‘rilari” qo‘lga olindi


Buxoro viloyati IIBga Olot tumani Paxtakor MFYda ikki fuqaro murojaat qilib, ularga tegishli eshaklar bir kechada yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo” ga xabar bermoqda.

Arizaga asosan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, Olot tumanida yashovchi fuqarolar Sohib Mavlonov hamda Feruz Tangriyevlar (ism-shariflari o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, bundan tashqari, voyaga yetmagan Shohruh Samiyevning voyaga yetmaganligini bilgan holda uni o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilishga jalb qilib, Olot tuman “Paxtakor” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Rajab Botirovning molxonasi oldiga bog‘langan bahosi 200 000 so‘mlik bir bosh eshagini yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, voqea joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, ular o‘zlarining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, shu kuni soat taxminan 00:10 larda o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaro G‘ulom Karimovning ham molxonasi oldiga bog‘langan bir bosh eshagini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan surushtiruv harakatlari olib borilib, ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169- moddasi (o‘g‘rilik) va boshqa tegishli moddalar bilan ayb elon qilinib, jinoyat ishi sudga topshirildi. Sud jarayonida sudlanuvchilarning ushbu jinoiy harakatlari to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi va tegishli moddalar bilan ayblanib, sud hukmi elon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют