» » Tehron Vashington bilan muzokaralar boshlanishi uchun shartlarni e’lon qildi

Tehron Vashington bilan muzokaralar boshlanishi uchun shartlarni e’lon qildi


Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy tomonidan ma’lum qilinishicha, Vashington “tahdid tilida” gapirar ekan Eron va AQSh o‘rtasida muzokaralar boshlanishi imkonsiz. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“AQSh buyuk qadimiy va taraqqiy topgan Eron xalqi bilan sanksiyalar tilida emas, balki hurmat bilan gapirishni boshlamas ekan, AQSh bilan qanday soha bo‘lishidan qat’i nazar, muloqot uchun istiqbolni tasavvur qilish mumkin emas”, — dedi Eron TIV vakili.

Qosimiyning qo’shimcha qilishicha, AQSh va Donald Tramp Eron bilan kelishuvga umid qilish o‘rniga boshqa mamlakatlar va xalqlarga nisbatan tahdid va sanksiyalarini to‘xtatgani yaxshiroq.

Bir kun avval Tramp Eron yangi kelishuvga erishish uchun AQSh bilan muzokaralar boshlashiga umid bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют