» » Moskvada 11 yoshli qizchani pichoq bilan yaralagan o‘zbekistonlik o‘z aybiga iqror bo‘ldi

Moskvada 11 yoshli qizchani pichoq bilan yaralagan o‘zbekistonlik o‘z aybiga iqror bo‘ldi


Moskvaning Ochakovo tumanida 11 yoshli qizchaga pichoq bilan hamla qilgan asli o‘zbekistonlik Vitaliy Kosyachkin sudda o‘z aybini tan oldi, deb yozadi “MK.ru”.

“Life.ru” ma’lum qilishicha, erkak so‘roq chog‘ida o‘z jinoyati sababini oshkor qilib, o‘sha vaqtda unga birovga qo‘ng‘iroq qilish uchun telefon kerak bo‘lib qolganini aytdi. Kosyachkinning so‘zlariga ko‘ra, uyali telefonni qayerdan topishni bilmay, 11 yoshli o‘quvchi qizga hujum qilishga majbur bo‘lgan.

Nashr eslatishicha, erkak qizchani 8-iyun kuni Ochakovo tumanida joylashgan uylardan birining podyezdida pichoq bilan urib, yaralagan. Qiz jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan. Kosyachkin qo‘lga olingan. U avvalroq qotillik va zo‘ravonlik uchun sudlanganligi ma’lum bo‘ldi. OAVlar Kosyachkinni ochakovolik manyak deb atamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют