» » Qirg‘izistonlik Missis World unvoni sohibasi halokatga uchragan mashinani uning qallig‘i boshqargan

Qirg‘izistonlik Missis World unvoni sohibasi halokatga uchragan mashinani uning qallig‘i boshqargan


Qirg‘izistonlik Missis World unvoni sohibasi Saniya Shokirovaning halokati bilan bog‘liq ilk sud majlislaridan birida u o‘tirgan mashinani kim boshqargani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Nur.kz”.

Haydovchi uning Chingiz ismli qallig‘i bo‘lgan. Ayni paytda u Bishkek travmatologiya va ortopediya markazida yotibdi. Ko‘chma sud majlisi o‘sha yerda bo‘lib o‘tgan. Majlisda qatnashgan jurnalistlar yigit soppa-sog‘ holatda ekanligi va mustaqil harakatlanayotganini qayd etgan.

YTHdan keyin Chingizning o‘zi tibbiy muassasaga kelib, unga yordam ko‘rsatishlarini so‘ragan. Uning o‘mrov suyagi singanligini aniqlab, operatsiya o‘tkazish kerakligini aytishgan.

Birinchi sud majlisida u qanday qilib Namba taksi xizmatiga tegishli mashinani boshqargani haqida gapirmagan. Majlisdan keyin uni operatsiyaga kirgizib ketishgan.

Sud qarori bilan Chingiz ikki oyga hibsga olindi. Nashr ta’kidlashicha, YTHda aybdor shaxs 8 yilgacha qamalishi mumkin.

Avvalroq Saniya Shokirova halokatga uchragan avtomobil haydovchisi mast bo‘lgani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avtohalokat 2-iyun kuni kechqurun yuz bergan. Taksomotor kompaniyasiga tegishli Ravon Nexia Chok-Tal qishlog‘i yaqinida YTHga uchragan, mashinada uch kishi bo‘lgan. Taksi haydovchisi boshqaruvni eplay olmay qolgan, natijada mashina qabriston devoriga borib urilgan. Shokirova voqea joyida vafot etgan. Qolgan yo‘lovchi va haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют