» » Samarqandda 51 ta oila uy-joy bilan ta’minlandi

Samarqandda 51 ta oila uy-joy bilan ta’minlandi


Samarqand shahrida rekonstruksiyadan chiqarilgan ko‘p qavatli uyning 51 ta xonadoni uy-joyga muhtoj oilalarga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Samarqand shahri Spitamenshox ko‘chasi 161-manzilida joylashgan ko‘p qavatli uyning 51 ta xonadoni kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga topshirildi. Uylarning 8 tasi — 2 xonali, 43 tasi —  1 xonali.

Uy-joylarni o‘z egalariga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbirda viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev ishtirok etdi.

Samarqand transport va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji tasarrufida bo‘lgan, foydalanilmasdan bo‘sh turgan 3 qavatli binoni ta’mirlash uchun budjet hisobidan 2 milliard 160 million so‘m ajratilgan.

Binoning birinchi qavatida ma’naviyat va tibbiyot xonalari uchun ajratilgan. Shuningdek, binoda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida 3 xonadondan iborat tikuv sexi tashkil qilingan. Sexda “Bofanda” MChJ 8 ta tikuv mashinasi o‘rnatgan.

Samarqand shahar hokimligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj shaxslarning murojaatlari o‘rganilgan. Natijada 40 ta oilaga uy berilgan. Qolgan 11 ta xonadon Samarqand shahar hokimligida uy-joy olish uchun navbatda turgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar (chin yetimlar)ga ajratilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют