» » Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 11 kun davomida diniy yo‘nalishdagi sayyor seminarlar o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 11 kun davomida diniy yo‘nalishdagi sayyor seminarlar o‘tkazildi


Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugda Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlari hamda viloyat bosh imom xatibi va hududiy imomlar bilan hamkorlikda “Dinning mazmun-mohiyati, uning jamiyatdagi vazifalari, diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyatlari” mavzusida sayyor seminarlar tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur seminarlarda hozirgi vaqtda jahonda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb masalalar xususida to‘xtalib o‘tildi. Ya’ni dinning mazmun-mohiyatini tushunmasdan, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan yot g‘oya va oqimlarga ko‘r-ko‘rona ergashayotgan yoshlar qismati, loqaydlik hamda beparvolikning oqibatlari haqida fikr yuritildi.

Harbiy okrugning deyarli barcha harbiy qismlarida o‘tkazilgan davra suhbatlarida Mudofaa vazirligi mas’ul xodimi O‘rolboy Mamataliyev, Buxoro shahridagi Mavlono Shamsiddin Mahbubiy jome masjidi imom xatibi Baxtiyor Mantizov, Qarshi shahridagi Xo‘ja Hofiz masjidi imom xatibi Boymurod Xolmurodov, Surxondaryo viloyati Denov tumani bosh imom xatibi Karamatullo Ortiqov va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbir Jizzax viloyatidagi harbiy qismlarda ham o‘tkazildi. Unda Baxmal tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zamira Axmurodova, “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori Malohat Xoliqova, FHDYo mudiri Yodgora Xidirova hamda tuman bosh imom xatibi Rahmonqul Mamatqulov tomonidan jamiyatdagi ajrimlarning kelib chiqish sabablari va bunga sharoit yaratayotgan omillar, oila munosabatida diniy qarashlar hamda harbiy oilalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport va madaniy tadbirlarning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют