» » Andijonda kasblar festivali o‘tkazildi

Andijonda kasblar festivali o‘tkazildi


Andijon olimpiya zaxiralari kollejida “Kasb-hunar va tadbirkorlik bilan kelajak sari” shiori ostida kasblar festivali o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ish beruvchi korxona-tashkilot va muassasalar, bank vakillari, ota-onalar hamda viloyatdagi 117 ta kasb-hunar kollejining 3500 nafardan ortiq bitiruvchisi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19—20-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda joriy yil 7-iyunda qabul qilingan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining kelgusi faoliyatini tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan kasblar festivalida yoshlarning puxta bilim olishi va o‘zlari tanlagan kasb-hunarni egallashi, iqtidor va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Kollej bitiruvchilari tomonidan o‘zlari egallagan 100 dan ortiq ixtisoslik va kasblar bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan yaratilgan innovatsion qurilmalar, harakatli maketlar va texnika ijodkorligi mahsulotlari, eng yaxshi biznes-rejalar, payvand-konstruksiyalar, duradgorlik va pol yotqizish, qurilish va pardozlash ishlari, kulolchilik hamda haykaltaroshlik yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют