» » O‘zbekistonda minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi loyihasi e’lon qilindi

O‘zbekistonda minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi loyihasi e’lon qilindi


O‘zbekistonda “iste’mol savati” va “kun kechirish uchun zarur miqdor” tushunchalari joriy qilinadi, shuningdek, ularni hisoblash tasniflari aniqlanadi. 2018-yilgi Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan. Tashabbus 1-iyulgacha amalga tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda. Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekistonda minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi loyihasini e’lon qildi, deb yozadi Spot.

Muassasa to‘la-to‘kis va sog‘lom ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatlanishning o‘rtacha bir kunlik minimal tibbiy me’yorlarini tayyorladi.

Asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar (bolalar, mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar) uchun bir sutkalik oziq-ovqat mahsulotlari qiymati oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining o‘rtacha bir sutkalik normativini bir oylik o‘rtacha iste’mol narxlari haqidagi tegishli ma’lumotlarga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi.

Umumiy hamda asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘yicha aholi uchun minimal iste’mol savati qiymati oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar to‘plami narxini jamlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Kun kechirish uchun zarur miqdor qiymati minimal iste’mol savati hamda majburiy xarajatlar va yig‘imlar narxini jamlash bilan aniqlanadi.

Minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor qiymatlari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan oylik asosda kelasi oyning 15-sanasigacha hisoblab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют