» » Toshkentda Sony Xperia XZ2 smartfoni 5,9 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Sony Xperia XZ2 smartfoni 5,9 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda 2018-yil fevralida MWC 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilgan Sony Xperia XZ2 smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Qurilma hozirda urf bo‘lgan romsiz ekran va orqa paneldagi barmoq izi skaneriga ega bo‘ldi. Korpus alyuminiy rom va Gorilla Glass 5 shisha panelidan iborat.

Sony Xperia XZ2 5,7 dyuymli va 1920?1080 pikselli IPS-displey, 19 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira (+microSD), 3180 mA/soat sig‘imli akkumulyator, QI standartidagi tezkor quvvat olish funksiyasiga ega. Qurilma Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentdagi “Malika” savdo markazida smartfon 5,9 million so‘mga taklif qilinmoqda. Taqqoslash uchun, minimal komplektatsiyadagi iPhone 8 5,7 million so‘m turadi.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют