» » Ramazon hayiti arafasida Surxondaryodagi ziyoratgohlar obodonlashtirilmoqda

Ramazon hayiti arafasida Surxondaryodagi ziyoratgohlar obodonlashtirilmoqda


Surxondaryo viloyatida Ramazon hayitini tinch va ko‘tarinki ruhda munosib nishonlashga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Shu maqsadda bayramni tartibli, xalqning milliy-diniy qadriyatlariga mos o‘tkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi, deb yozadi O‘zA.

Davlat rahbari tashabbusi bilan rekonstruksiya qilingan va hududida yangi masjid barpo etilgan Sherobod tumanidagi buyuk muhaddis Iso Termiziy majmuasida mo‘min-musulmonlar Ramazon hayiti namozini ado etadi. Shuningdek, dam olish kunlari aholi bu maskanni ziyorat qiladi. Shu sababli majmua atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish yumushlari bajarildi. Anvoyi gullar ekilib, daraxtlarga shakl berildi. Ariqlar tozalanib, hududdagi qabriston tartibga keltirildi.

Termiz shahridagi Hakim Termiziy majmuasida ham bayramoldi obodonlashtirish ishlari yakunlanmoqda. 10 gektar maydondan iborat majmuada 37 ishchi daraxtlarga shakl berish, turli anvoyi gullarni parvarishlash, yo‘lakchalarni tozalash kabi yumushlarni sifatli amalga oshirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Termiz tumanidagi Sulton Saodat yodgorligi, Oltinsoy tumanidagi So‘fi Olloyor, Jarqo‘rg‘on tumanidagi Samandar Termiziy kabi ziyoratgohlarda ham obodonlashtirish ishlari yuqori saviyada tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют