» » Amerikalik astronavtlar XKSda ochiq kosmosga chiqdi

Amerikalik astronavtlar XKSda ochiq kosmosga chiqdi


Amerikalik astronavtlar Richard Arnold va Endryu Foystel Xalqaro kosmik stansiyaning tashqi tomoniga yangi kameralar o‘rnatish va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun ochiq kosmosga chiqdi, NASA jarayonni jonli efirda namoyish etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ochiq kosmosga reja asosida chiqishning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan 17:06 da bo‘lgan. Astronavtlar skafandrlarni avtonom quvvatlanish rejimiga o‘tkazgan va stansiya shlyuzini tark etgan.

Ular ochiq kosmosda 6,5 soat ishlashi kerak. Kameralar kelajakda uchiriladigan kemalarning XKSga birlashishini kuzatish uchun o‘rnatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют