» » Ukrainada kollektor uchun qazilgan xandaqdan Ikkinchi jahon urushiga oid 33 ta mina topildi

Ukrainada kollektor uchun qazilgan xandaqdan Ikkinchi jahon urushiga oid 33 ta mina topildi


Ukrainaning Chernigov shahrida kollektor o‘tkazish uchun xandaq qazilayotgan vaqtda Ikkinchi jahon urushi davriga oid 33 ta minaga duch kelindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xavfli hudud milliy politsiya tomonidan qo‘riqlovga olingan. Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar minalarning Ikkinchi jahon urushi davriga oid 82 millimetr kalibrli ekanligini aniqlagan.

Atrofdagi hududni tekshirish vaqtida qutqaruvchilar o‘q-dori zaxirasini, xususan 82 va 50 millimetr kalibrli 33 ta minomyot minasini aniqlagan.

Shoshilinch ishlar olib borilganidan so‘ng portlovchi qurilmalar shahardan tashqariga maxsus avtomobillarda olib chiqilgan va yo‘q qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют